Kontent qismiga oʻtish

Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlat Bosniya va Gerzegovina bayrogʻi Bosniya va Gertsogovina
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 2001-yil
Jamoalar soni 6 ta
Ichki kuboklar Milliy Kubok
Xalqaro musobaqalar UEFA Womenʼs Champions League
Amaldagi chempion SFK 2000
Eng koʻp marta chempion SFK 2000 (20 marta)
Veb-sayt NFSBiH
Joriy mavsum: Yangi mavsumga tayyorgarlik'

Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi (Bosniya/Xorvat, serb tilida: Ženska Premijer Liga BiH) — Bosniya va Gersegovinaning ayollar futboli ningoliy ligasi. Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi 2013-yilda tashkil etilgan. Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi Bosniya va Gersegovina Federatsiyasining Birinchi Ayollar Ligasi va Serb Respublikasining Birinchi Ayollar Ligasini birlashtirish natijasida tashkil etilgan[1].

Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasining pley-off oʻyinlari gʻolibi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Lekin Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi Bosniya va Gersegovinada ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini unchalik jalb qilmaydi, shu bilan birga moliyalashtirish koʻpincha yetarli emas va klublarda infratuzilma, baʼzi hollarda hatto asosiy mashgʻulot binolari yoʻq[2].

2013-yilgacha Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi NFSBiH ligasi va Serb Respublikasi ligasiga boʻlingan. U paytdagi turnirlarda NFSBiH ligasining eng yaxshi ikki jamoasi pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ayollar futboli boʻyicha Serbiya Respublikasi chempionati chempioni ham pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Pley-off oʻyinlari oʻtkaziladigan joy oldindan belgilab qoʻyilgan va yuqarida aytib oʻtilgan uch jamoadan iborat guruhda oʻtkazilgan.

Jamoalar ikki davrali tizimda oʻynaydi, shundan soʻng eng yaxshi oʻrinni egallagan ikkita jamoa Serb Respublikasi Ayollar ligasida eng yaxshi oʻrinni olgan klubi bilan 3 ta jamoaviy pley-off guruhiga chiqadi.

2014/2015-yilgi Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-liga mavsumida 8 ta jamoa jami 21 ta oʻyin uchun uch bosqichli tizimda oʻynadi.

2020-2021-yilgi mavsum jamoalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-2021-yigi Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-liga mavsumida quyidagi sakkizta jamoa oʻynaydi[3].

Jamoa Joylashgan shahar Uy stadioni
Banja Luka Banja Luka Gradski stadioni Banya Luka
Emina Mostar Mostar Stadion Rojeni
Fortuna Jivinice Živinice yoʻq
Iskra Bugojno Stadion Jaklich
Lokomotiv Brčko Stadion FK Lokomotiva Brčko
Modricha Modricha Stadion Doktor Milan Yelich
Radnik Bumerang Stanišići Gradski Stadion Ugljevik
SFK 2000 Ilidja Butmir oʻquv markazi stadioni

Chempion jamoalar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempion jamoalar roʻyxati:[4]

  • 2001-2002: NK Iskra Bugojno
  • 2002-2003: SFK 2000
  • 2003-2004: SFK 2000
  • 2004-2005: SFK 2000
  • 2005-2006: SFK 2000
  • 2006-2007: SFK 2000
  • 2007-2008: SFK 2000
  • 2008-2009: SFK 2000
  • 2009-2010: SFK 2000
  • 2010-2011: SFK 2000
  • 2011-2012: SFK 2000
  • 2012-2013: SFK 2000
  • 2013-2014: SFK 2000[5]
  • 2014-2015: SFK 2000
  • 2015-2016: SFK 2000[6]
  • 2016-2017: SFK 2000[7]
  • 2017-2018: SFK 2000[8]
  • 2018-2019: SFK 2000[9]
  • 2019-2020: SFK 2000[10]
  • 2020-2021: SFK 2000[11]
  • 2021-2022: SFK 2000[12]

Chempion jamoalar reytingi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Chempionliklar soni
SFK 2000 20
Iskra Bugojno 1
  1. „National women's league launches in Bosnia and Herzegovina“. UEFA (2013-yil 16-avgust). Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
  2. Lejla Mazlic. „Women's football teams ignored in B&H“. HRH Sarajevo (2009-yil 16-sentyabr). 2011-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.
  3. „Club list“. nsfbih.ba. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
  4. Hans Schöggl. „Bosnia-Hercegovina (Women) List of Champions“. RSSSF.com (2010-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.
  5. „Nogometašice SFK 2000 potvrdile dominaciju u BiH - SPORT033“. 2015-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-iyun.
  6. „Nova titula za SFK Sarajevo 2000“ (bs). sportsport.ba (2016-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 24-aprel.
  7. „Bordo nogometašice nastavile dominaciju u Bosni i Hercegovini, SFK 2000 Sarajevo bogatiji za novi pehar Pročitajte više na (One more title for SFK)“ (bs). sport1.ba (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2017-yil 2-may.
  8. „Šampionke iz Sarajeva nakon utakmice proslavile novu duplu krunu“ (bs). sport1.ba (2018-yil 19-may). Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  9. „Nogometašice SFK 2000 osvojile 17. titulu prvakinja BiH u nizu“ (bs). Klix.ba (2019-yil 20-may). Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  10. N.K. „Nogometašice SFK 2000 Sarajevo novom titulom postavile svjetski rekord“ (bs). Klix.ba (2020-yil 2-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  11. E.B. „Nogometašice SFK 2000 nastavile dominirati i osvojile novu duplu krunu“ (bs). Klix.ba (2021-yil 24-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  12. E.B. „Nogometašice SFK 2000 na Koševu proslavile 20. titulu prvakinja BiH“ (bs). Klix.ba (2022-yil 6-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  • Bosniya va Gertsegovina futbol assotsiatsiyasining rasmiy sayti